my5
Sevimli

Terlashning sababi nima? Uni qanday bartaraf etish mumkin?

Salomatlik 19.04.2021, 21:21
Terlashning sababi nima? Uni qanday bartaraf etish mumkin?

Tananing butun yuzasi ter bezlari bilan qoplangan. Ular normal tana haroratini saqlab turish uchun zarur bo`lgan namlikni hosil qiladi. Ter miqdori asab impulslari va qonning gormonal tarkibi bilan tartibga solinadi.

Gipergidrozning 2 ta: birinchi va ikkinchi darajali turlari bor. Birinchi turi tug`ma terlash bo`lib, unda terlashning sabablari yo`q. Ikkinchi darajali gipergidroz davolovchi preparatlar ichish, gormonal o`zgarishlar va ayrim kasalliklar tufayli sodir bo`ladi.  

Gipergidroz profilaktikasida quyidagilar tavsiya etiladi:

  1. tabiiy matoli (paxta, zig`ir) kiyimlarni kiying;
  2. krossovka va yopiq poyabzal ostidan paypoq kiying;
  3. dezodorant emas, antiperspirantdan foydalaning;
  4. nam salfetkalardan foydalaning.
  5. stressga engilmang;
  6. terlashni ko`paytiradigan oziq-ovqat va ichimliklarni ovqat rasionidan olib tashlang.

Шарҳлар