Sevimli

Kun hikmati

Mutolaa 27.02.2016, 13:07
Kun hikmati

Haqiqatdan qo`rqqan odam yolg`onning panasiga berkinadi.
***
Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog`liq. Tinchlik.
***
Do`stni xo`rlash – gunoh. Umr yo`ldoshini xo`rlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xo`rlash – ming hissa gunoh. Go`dakni xo`rlash – cheksiz gunoh...
***
Ish ko`pligi-yu, vaqt yo`qligidan nolimang. Vaqt ko`pligi-yu, ish yo`qligidan qo`rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.
***
Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga emish tashiydi.
***
Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qaering og`rimasi shuning o`zi baxt!
***
Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo`lmaydi.
***
Dunyoda mukammal narsa yo`q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg`uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o`sha ko`proq iztirob chekadi.
***
Insonning bahosi bu dunyoda o`zi olgani bilan emas, o`zidan qolgani bilan belgilanadi. 
*** 
Dunyoda eng bebaho, ammo hamisha benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu – Ona mehri!

O`tkir Hoshimov

Шарҳлар