AsosiySalomatlik

Bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi

'Bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi'ning rasmi

Bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Nuquqiy axborot kanali ma`lum qildi.

Farmonga ko`ra, 2021 yil 1 iyuldan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga quyidagi faoliyat turlari bilan shug`ullanishga ruxsat beriladi:

maxsus avtotransportda tashkil etiladigan “mobil tibbiyot” xizmati yordamida joyiga chiqqan holda aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish;

nodavlat tibbiyot tashkilotining o`rta tibbiyot xodimlaridan iborat “tibbiy punkt”larini tashkil etish.

 2021 yil 1 noyabrgacha bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi.

Farmonga ko`ra, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul davolanishga orderlar berish uchun 2021 yilda Sog`liqni saqlash vazirligiga qo`shimcha 80 milliard so`m mablag` ajratiladi.  

 Vazirlikda Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo`llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg`armasi tashkil etildi.  

 Shuningdek, 2021 yil 1 iyuldan Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi unga Vrachlar va farmasevtlarga lisenziya berish va attestasiyadan o`tkazish Respublika markazini qo`shib olish yo`li bilan qayta tashkil etiladi hamda Sog`liqni saqlash vazirligi tizimiga o`tkaziladi.  

Palata, jumladan, tibbiyot va farmasevtika xodimlarini attestasiyadan o`tkazadi va ularga malaka toifalari beradi. 

    Boshqa yangiliklar