AsosiySalomatlik

Allergiyasi bor bemorlarga COVID-19'ga qarshi vaksina olish mumkin emasmi?

'Allergiyasi bor bemorlarga COVID-19'ga qarshi vaksina olish mumkin emasmi?'ning rasmi

Ushbu savolga allergolog Jasur Davlatov javob berdi:

— Allergik kasalliklarga chalingan bemorlarda bronxial astma yoki boshqa allergik kasalliklarni nazorat qilish mumkin bo`lsa, emlash uchun qarshi ko`rsatmalar mavjud emas. Nafasi qisilayotgan, burni oqib aksirayogan, tanasi qichib toshma toshgan bemorlar emlanishi kechiktiriladi.

Evropa allergologlar va klinik immunologlar akademiyasi ma`lumotlariga ko`ra, og`ir allergik reaksiyalar, masalan, bronxial astma, ovqat allergiyasi, allergodermatoz COVID-19ga qarshi emlashga qarshi ko`rsatma emas. Oilaviy anamnezida allergik reaksiyalar bo`lgan bemorlarni ham emlash mumkin.

Faqatgina, allergik kasalliklarning avj olgan davri emlash uchun vaqtincha qarshi ko`rsatma hisoblanadi. Emlashni allergiyaning o`tkir simptomlari tugagandan keyin va avj olmasdan oldinroq olish maqsadga muvofiq.

    Boshqa yangiliklar