my5
Sevimli

Koronavirusga qarshi emlashdan so`ng oyoqlarda qon tomirlar bo`rtib og`riy boshlasa bunga vaksina sabab bo`lishi mumkinmi?

Salomatlik 10.05.2021, 14:32
Koronavirusga qarshi emlashdan so`ng oyoqlarda qon tomirlar bo`rtib og`riy boshlasa bunga vaksina sabab bo`lishi mumkinmi?

Yoshim 67 da, vaksina oldim 2 haftadan so`ng oyoqlarimda qon tomirlar bo`rtib og`rishni boshladi, meni qonim oldindan o`zi quyuq, bu vaksina sababli bo`ldimi?

Ushbu savolga AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi.

"  – Bu holat vaksina bilan bog`liq yoki yo`qligini epidemiologik kuzatuvdan so`ng xulosa qilish mumkin bo`ladi.

Sizda kuzatilgan holat qon quyulish ko`rsatkichingiz bilan bog`liqdir, sababi vaksina bilan bog`liq nojo`ya ta`sirlar emlangandan so`nggi 3 kun yoki uzogi 7 kundan so`ng namoyon bo`lishi dunyo olimlari tomonidan aytilmoqda, bizni Respublikamizda ham vaksinaga bog`liq reaksiyalar ko`p uchramasada birinchi 3 kunlikda kuzatilmoqda xolos.

Shuni unutmaylik, 40 yoshdan kattalarni barchasida qonni quyulishi kuchayadi, shuning uchun O`zR SSV tomonidan barcha 40 yoshdan katta aholini qon quyulishidan kelib chiqadigan kasalliklar va ularni profilaktikasi maqsadida yilda 1 marta shifokor nazoratida to`liq tekshiruvlardan o`tish hamda qonni suyultiruvchi vositalar shifokor tavsiyasiga ko`ra qabul qilinishi kerakligi belgilangan.

Qoni quyuq bo`lgan odamlar - shifokor nazoratida bo`lmasalar va qon suyultiruvchi dori vositalarni qabul qilmasalar;

 - kuniga 3-4 litrdan ortiq suyuqliklar ichilmasa;

- meva sabzavotlarni kam iste`mol qilinsa;

- xarakatingiz kam bo`lsa, bu vaksinaga bog`liq bo`lmagan holatda paydo bo`lgan alomatlardir.  

Ya`ni, yuqorida sanab o`tganlarga rioya qilmagan odamlarda vaksina olmasalarda oyoqlarida og`riq va tomirlarni bo`rtishi kuzatiladi" – dedi   Sevara Ubaydullaeva.

Шарҳлар