my5
Sevimli

Endi LG smartfonlari chiqarilmaydi

Hi-tech 31.05.2021, 19:30
Endi  LG smartfonlari chiqarilmaydi

LG kompaniyasi bugun, 31 maydan boshlab smartfon va planshetlar ishlab chiqarishni rasman to`xtatdi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, Vetnamdagi yagona smartfon ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan zavod endi maishiy texnika yig`ish bilan shug`ullanadi.

Kompaniya 2015 yildan beri mobil elektronikasi savdosining asosiy maydoniga aylangan. U erda smartfonlardan tashqari kamera modullari, displeylar va yirik maishiy texnikalar ishlab chiqariladi.

2021 yil 1 iyundan boshlab zavodning asosiy ishi maishiy texnikalar bilan bog`liq bo`ladi.

Шарҳлар