my5
Sevimli

Nikola Tesla — o`z zamonasining Da Vinchisi

Mutolaa 02.06.2021, 19:29
Nikola Tesla — o`z zamonasining Da Vinchisi

Nikola Tesla – zakovati darajasi bilan o`z davrining Leonardo da Vinchisi deb nom olgan, misli ko`rilmagan ixtirolari bois «kelajak odami» deb e`tirof etilgan, o`zgaruvchan tok ixtirosi bilan «dunyoni yoritgan daho» nomiga loyiq ko`rilgan.

Uning o`zi ham «bugun uchun emas, kelajak uchun» ixtirolar qilishini ta`kidlagandi. Teslaning nomiga patentlangan, injeneriya sohasini o`zgartirgan ixtirolar 300tadan ko`proqni tashkil qiladi.

Zamonaviy energiya ta`minoti tizimi, kompressor, sanoat ventilyatori, suv nasosi, elektrhisoblagich, chastotometr, rentgen qurilmasi, avtomobil spidometri, lyuminessent lampalari, elektrsoat, elektroterapiya uskunalarining barchasi Teslaning mualliflik ishlari hisoblanadi.

Shuningdek, ixtirochi elektrodvigatel asosida harakatlanuvchi avtomobillar, dronlar, lokomotiv, bug` trubinalari ustida ham ishlagan. Internet va zamonaviy gadjetlarning paydo bo`lishini o`z ilmiy ishlanmalarida taxmin qilgan, robototexnikaning ilk poydevorini qo`ygan.

Шарҳлар