my5
Sevimli

Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang — jaziramadan saqlanish uchun foydali tavsiyalar

Mutolaa 03.06.2021, 20:16
Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang — jaziramadan saqlanish uchun foydali tavsiyalar

Jazirama issiq harorat ta`siridan saqlaning. Och rangdagi, havo o`tkazuvchi (iloji bo`lsa paxta xomashyosidan) kiyim va bosh kiyimlardan foydalaning.

Yodda tutinki, kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Shoshmasdan harakatlaning, iloji boricha soya joylarda bo`lishga harakat qiling. Pivo va boshqa alkogol mahsulotlarni iste`mol qilish tavsiya etilmaydi, bu organizmning umumiy holatiga salbiy ta`sir etishi mumkin. Issiq kunda shifokorlar bilan maslaxatlashgan holda, qo`shimcha tuzli maxsulotlar va  meva, sabzavotlardan iste`mol qiling.

Jazirama issiq natijasida oftob urganda zudlik bilan soya joylarda  saqlaning, zudlik bilan dush qabul qiling yoki shamol bor joyga o`ting va asta-sekinlik bilan ko`proq suv iste`mol qiling. Oftob urushidan saqlanish maqsadida  iloji boricha badaningizni sovutishga harakat qiling.

Jazirama issiq kunda yong`in xavfi kelib chiqishi mumkinligini yodda tuting.

Issiq kunlarda nima qilish kerak?

Ko`proq suv ichish. To`g`ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me`yorlashtirishiga qulay sharoitlar tug`diradi. Issiq kunda suv iste`mol xajmini ko`paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to`ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste`mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo`lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.

Eng issiq paytda - 12-00 dan 16-00 gacha ko`chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikga xarakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtirin-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda bo`ling.

Ko`proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona xaroratiday bo`lishi kerak. Muzdak suv bilan yuvinish esa, tana xarorati keskin o`zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.

Albatta, ochiq suv xavzalarda cho`milish mumkin, ammo cho`milish ta`qiqlangan xavzalarda cho`milish qat`iyan man etiladi.

Ertalab va kechqurun ko`proq xarakat qiling. Bunday issiq kunda kamxarakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.

Oziqlanish rasionini o`zgartiring. Issiq kunda ko`proq sovuq taomlar iste`mol qiling. Yog`liq sut va go`sht maxsulotlar iste`mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmang. Sutli maxsulotlar xaqida aloxida to`xtalib o`tish lozim-ki - rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste`molga yaroqlik muddati o`tib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.

Albatta taomlarni tuz bilan tannovul qiling chunki yuqori xaroratda, tananing terlashi natijasida ko`p miqdorda natriy moddasi yo`qotiladi.

Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga xarakat qiling.

Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob o`rishi asosan bosh qiziganda sodir bo`ladi.

Bunday issiq kunda, kondisionersiz iloji yo`q. Ammo kuni bo`yi kondisioneri bor bo`lgan xonada bo`lsangiz ham, shunday joylashing-ki undan chiqayotgan sovuq xavo to`g`ridan-to`g`ri sizga ta`sir qilmasin.

Manba: FVV

Шарҳлар