Sevimli

Kun hikmati

Mutolaa 14.03.2016, 13:33
Kun hikmati

Hayotimiz — sayohat, g`oya esa — yo`lchi yulduz. Yo`lchi yulduz bo`lmasa hammasi to`xtaydi-qoladi. Maqsad boy berilsa, kuch go`yo mutlaqo bo`lmagandek.

Viktor Gyugo

***

Inson qaysi manzilga ketayotganini bilmasa, uning elkaniga hech bir shamol ham duch kelmaydi.

Seneka

***

O`z intilishing marrasiga etmoqchi bo`lsang — muloyimlik bilan adashgan yo`lingni so`ra.

Uilyam Shekspir

***

Uzoqni ko`radigan odam o`zining har bir istagi uchun alohida o`rin topa bilishi va keyin ularni navbatma-navbat amalga oshirishi kerak. Ochko`zligimiz ko`pincha bu tartibni buzib yuboradi va bir vaqtning o`zida bizni shunchalar ko`p maqsadlar ketidan chopishga majbur etadiki, natijada mayda-chuydalarga o`ralashib, eng muhim narsani esa, esdan chiqarib qo`yamiz.

Laroshfuko

***

To`g`ri yo`lda sudralib borayotgan odam ham yo`ldan adashgan shoshqaloqdan o`zib ketadi.

Bekon

***

Odamlarga zarari ham, foydasi ham tegmaydigan kishidan faqirroq odam yo`q.

Qobus

***

Bir odamga qilingan adolatsizlik barchaga qilingan dag`dag`adir.

Monteske 

***

Haqsizlikni ko`ra turib indamaslik — o`sha haqsizlikda qatnashish bilan baravar. 

Jan Jak Russo

***

Biron-bir narsani sevgan kishigina biron-bir qadr-qimmatga ega bo`ladi. Qadr-qimmatsizlik bilan hech nimani sevmaslik ayni bir xil narsadir.

Feyerbax

Шарҳлар