my5
Sevimli

Chekish insult xavfini ikki barobarga oshiradi

Salomatlik 14.06.2021, 18:54
Теглар: Sog`liqni saqlash vazirligi
Chekish insult xavfini ikki barobarga oshiradi

Insult inson hayotiga zomin bo`ladigan xastaliklar orasida uchinchi o`rinda turadi. Shu bois ham bu kasallikning oldini olish choralari haqida ko`proq ma`lumotga ega bo`lish foydadan holi emas. Insult o`zi nima? Qanday turlari mavjud? Uning oldini olish choralari bormi? SSV Matbuot xizmatining shu kabi savollariga tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor G`OFUROV javob beradi.

— Insult qanday kasallik va uning qanday turlari bor?

— Insult — bosh miyada qon aylanishining o`tkir buzilishi natijasida miya to`qimasining shikastlanishidir. U insonning mehnatga layoqatini pasaytiruvchi, hayot sifatini tushirib yuboruvchi, uzoq muddat davolanishiga sabab bo`luvchi kasallik hisoblanadi. Insultning ikkita gemorragik va ishemik turlari mavjud.

Gemorragik insult — miya to`qimasiga, to`r osti bo`shliqqa yoki miya qorinchalariga qon quyilishi bilan xarakterlanuvchi miyadagi qon aylanishining o`tkir buzilishidir. Gemorragik insultda barcha belgilar ishemik insultdagiga qaraganda ancha yaqqol namoyon bo`ladi. Bundan tashqari, insultning bu turida bemor qusadi, yuzi qizaradi, uyquchan bo`lib qoladi, ensa mushaklarida spazm ro`y beradi va ko`z to`r pardasiga qon quyiladi. Gemorragik insult to`satdan boshlanib, juda tez rivojlanadi.

Ishemik insultda bosh miyani ozuqa bilan ta`minlovchi asosiy qon- tomirlar trombozga uchraydi, ya`ni berkilib qoladi yoki mayda tomir tarmoqlarida spazm rivojlanadi.

Miya qon aylanishining buzilish nuqsonlari insonda bir necha oy, hatto  yillar davomida paydo bo`ladi. Ular insult belgilariga o`xshaydi, biroq bir necha daqiqada, kamdan-kam hollarda bir necha soat mobaynida davom etishi bilan farq qiladi. Ko`pincha bu alomatlar tezda o`tib ketadi va miya faoliyati tiklanadi.  

Lekin bunday tiklanishlarga ishonmaslik kerak, ishemik kasallik yillar davomida surunkali ravishda miya to`qimalarini emirib boradi. Ishemik insult gemorragik insultga nisbatan 5 marta ko`p uchraydi.

— Insultga olib keluvchi omillar qaysilar?  

— Insultga olib keluvchi omillarning deyarli barchasining oldini olish mumkin. Bular: qonda xolesterin miqdorining oshib ketishi, ichish va chekish, gipodinamiya, ya`ni kamharakatlik, ruhiy zo`riqishlar, ateroskleroz, arterial gipertoniya, qandli diabet, yurak aritmiyasi kabilardir.

Insultga olib keluvchi eng xatarli omillardan biri — bu, arterial gipertoniya, ya`ni qon bosimining oshib ketishidir. 70 foiz holatda insultning sababchisi arterial gipertoniya bo`ladi. Shuningdek, ateroskleroz ham insultga sabab bo`luvchi omillardan biridir.

Aytish joizki, yosh ulg`aygan sayin ateroskleroz kasalligi ko`p uchray boshlaydi. Shuning uchun ham asosan katta yoshlilar insult bilan kasallanadi.

Chekish insult rivojlanishini deyarli 2 barobarga oshiradi. Bu illat qon ivishini kuchaytirib, tromblar hosil bo`lishini tezlashtiradi va tomirning ichki devorini zararlaydi, tomir torayib, unda qon aylanishi sustlashib boradi.  

Doimiy tarzda chekish, hattoki, yirik qon tomirlarni ham zararlashi mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan. Bundan tashqari, spirtli ichimliklar iste`moli ham insultning rivojlanish xavfini bir necha barobarga oshirishi isbotlangan.

Шарҳлар

Kecha yurtimizda 450 nafardan ortiq kishida koronavirus, 17 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi

15.10.2021, 10:20

Kecha yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 450 nafardan oshdi, birgina Toshkent shahrida 190 nafarga yaqin bemor qayd etildi. 2021 yil 14 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda...
Turmush qurishdan avval emlanish kerakmi? SSV javob berdi

08.10.2021, 17:39

Sog`liqni saqlash vazirligi oila qurishdan avval koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanish kerak yoki kerakmasligi to`g`risidagi savolga javob berdi. Har bir ota-ona o`zidan sog`lom zurriyod qoldirishni istaydi....
Qarshi shahar tug`riqxonasida 3 nafar egizak tug`ildi. Ularga Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo`yilgani aytilmoqda

02.10.2021, 16:16

Qarshi shahar tug`ruqxonasida 1 oktyabr kuni Murodovlar oilasida 3 nafar egizak dunyoga keldi.  Egizaklarning uchalasi ham o`g`il bola.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.Chaqaloqlar...
Sirdaryolik onkologlar 160 dan ortiq bemorga distansion nur terapiya muolajalarini o`tkazdi

30.09.2021, 14:50

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali shifokorlari onkologik kasalliklar bilan og`riyotgan bemorlarni davolash, ularni umr ko`rish davomiyligini uzaytirish maqsadida Chexiya davlatida...