Sevimli

Kun hikmati

Mutolaa 16.03.2016, 11:46
Kun hikmati

Bu kungi ishni tonglag`a qo`ymaslar.

Alisher NAVOIY

***

Inson o`z kuchini qayta tiklamoq maqsadidagina tungi hordiq uchun to`xtamog`i darkor. To`xtab qolgan hayot esa o`lim bilan barobar.

Romen ROLLAN

***

Har bir kishi asosan qo`lidan keladigan va o`ziga yarashadigan ishga urinishi zarur.

ARASTU

***

Birinchidan, hech bir ishni sababsiz va maqsadsiz qilma. Ikkinchidan, jamiyat foydasiga o`tmaydigan hech bir ish qilma.

Mark  AVRELIY

***

Ortiqcha shoshqaloqlik ham xuddi sustkashlik kabi yomon oqibatlarga olib keladi.

Uilyam  ShEKSPIR

***

Qo`lidan keladigan ishga emas, o`zi tushunmaydigan ishga qo`l urgan kishi baxtsizdir.

GYoTE

***
Ertalab o`rningdan turib o`zingdan: «Nima ish qilishim kerak?», kechqurun yotishdan oldin esa: «Nima ish qildim?» — deya so`ra.

PIFAGOR

***

Hamma ishni birdaniga bajarishga urinish — hech narsa qilmaslik bilan bab-barobar.

LIXTENBERG
***

Ishda oshiqqan ko`p toyilur,
Ko`p toyilg`on ko`p yiqilur.

 Alisher NAVOIY

Шарҳлар