my5
Sevimli

Navbatdan tashqari koronavirusga qarshi vaksina olish mumkinmi?

Salomatlik 22.06.2021, 15:40
Navbatdan tashqari koronavirusga qarshi vaksina olish mumkinmi?

  Men Janubiy Koreyaga o`qishga topshirgandim. Vaksina olsam, u erga borganimda karantinga qo`yilmas ekanman. Navbatdan tashqari, koronavirusga qarshi vaksina olsam, bo`ladimi?

 Bu savolga O`zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova javob beradi.

- Eslatib o`taman, joriy yilning 31 may kunidan boshlab koronavirusga qarshi emlanadiganlar ro`yxatiga:  

 Chet elga o`qishga boradigan talabalar;

 Ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar);

 Yozuvchilar,

 Teleradiokompaniyada xizmat qiluvchi xodimlari qo`shilganligi ma`lum qilingan edi.

Respublika bosh davlat sanitariya shifokorining topshirig`i asosida 31 may kunidan chet elga ta`lim olish uchun boradigan talabalarning  ruyxatlari shakllantirilib, emlash ishlari boshlandi. Siz o`zingiz istiqomat qiladigan hududiy poliklinikaga murojaat qilib, korornavirusga qarshi emlanishingiz mumkin.

Шарҳлар