my5
Sevimli

Bugun Sirdaryoda tibbiy sugʻurta bilan bogʻliq yangi tajriba-sinovi boshlanadi

Salomatlik 01.07.2021, 17:05
Теглар: Sog`liqni saqlash, yangi loyiha
Bugun Sirdaryoda tibbiy sugʻurta bilan bogʻliq yangi tajriba-sinovi boshlanadi

2020-yil 12-noyabrda Davlat rahbarining “Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

Bugun, 1-iyuldan shu hujjatga muvofiq, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari bilan Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi bilan bogʻliq, tajriba-sinov loyihasi ishlari boshlanadi. Loyiha doirasida, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat terapiya va pediatriya boʻyicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doyadan tashkil topgan guruhlar ish boshlaydi.

Ularning  har birida bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi shakllantirilib, Oʻzbekiston fuqarolari, mamlakatda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga kafolatlangan paket taqdim etiladi. Qolaversa, oilaviy shifokorlarga va zarur hollarda tuman, viloyat hamda respublika shifoxonalariga yoʻllanmalar beradi. Respublika darajasidagi shifoxonalarga yoʻllanmalar viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.  

Aholining sogʻligʻi bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini monitoring qilish, ularni tibbiyot muassasasiga biriktirish, kasallik tarixini yuritish, retsept yozish va tibbiyot muassasalariga yoʻnaltirish yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi. Shuningdek aholi xavf omillaridan kelib chiqib, guruhlarga boʻlinadi. Oʻrta va yuqori xavf guruhlaridagi aholi tibbiy koʻriklardan oʻtkaziladi va salomatligi kuzatuvga olinadi. Yuqori xavf guruhidagi va tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlar doimiy kuzatuvga olinadi va uyiga borgan holda tibbiy xizmat koʻrsatiladi.

 

Tajriba-sinov loyihasining natijalariga koʻra, davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi respublikaning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Шарҳлар