my5

“Og`riqsizlantiruvchi preparatlar zararmi?»

Salomatlik 23.03.2016, 13:48
3859
“Og`riqsizlantiruvchi preparatlar zararmi?»

–  Bosh og`rig`iga toqat qilolmayman. Huddi butun tanam zirqirayotgandek tuyuladi. Og`riq boshlanayotganini sezishim bilan darhol og`riqsizlantiruvchi dori ichaman. Onam bo`lsa, «bu turdagi preparatlarga o`rganib qolish mumkin, keyin jigaring ham ishdan chiqadi» deydi. Haqiqatan ham og`riqsizlantiruvchi dorilarga moyillik yuzaga kelishi mumkinmi?

Hilola Usmonova, Toshkent shahri

– Og`riqni bartaraf etish vaqtinchalik chora, xolos. Boshingiz nega og`riydi, nima sababdan bezovtalik kelib chiqadi, aniqlash lozim. Huda-behudaga dori ichaverish nafaqat jigarga balki oshqozonga ham zarardir. Qolaversa, bir turdagi og`riqsizlantiruvchi preparatlarni muntazam qabul qilish, unga nisbatan moyillikni keltirib chiqaradi. Bu esa organizm boshqa dori vositalariga ta`sirchanlikni yo`qotib qo`yishiga olib keladi. Maslahatim, shifokor ko`rigidan o`ting. Qondagi gemoglabin miqdorini tekshirtiring. Qon bosimi, organizmdagi shamollash jarayonlariga ham ahamiyat berish lozim.

Шарҳлар