AsosiyJamiyat

Yaponiyalik faxriy iqtisodchi Toshkent konferensiyasidan nimalar kutayotganini aytdi

'Yaponiyalik faxriy iqtisodchi Toshkent konferensiyasidan nimalar kutayotganini aytdi'ning rasmi

Avvalroq, Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi oliy darajali xalqaro konferensiya o`z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik. 

Konferensiya doirasida O`zbekistonga tashrif buyurgan Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirish institutining faxriy professori Manabu Simizu Toshkent konferensiyasidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

"O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi va uning Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan Afg`oniston bilan yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini o`rnatish siyosati mintaqada o`zaro hamkorlikning yangi muhitini yaratdiki, bu juda dolzarb va o`z vaqtida oson ish emas. Jiddiy qiyinchiliklar tug`diradigan ushbu tashabbusning amalga oshirilishi keyinchalik har ikki mintaqaning rivojlanishi uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.  

Umid qilamanki, Xalqaro konferensiya ishtirokchilarga Janubiy va Markaziy Osiyo o`rtasida yangi aloqalarni yo`lga qo`yishda ilk qadam bo`lib,  zamonaviy va dadil qarashlar bilan masalalarni muhokama qilish imkonini beradi.  Ishonchim komilki, Markaziy va Janubiy Osiyo o`rtasidagi o`zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish jahon miqyosida, jumladan, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo hamda Yaqin Sharq mintaqalarining  rivojlanishiga ham xizmat qiladi" ,–dedi yaponiyalik professor. 

Boshqa yangiliklar