my5
Sevimli

Sardor Rashidov rasman «Kuvayt SK» futbolchisiga aylandi

Sport 17.07.2021, 18:25
Теглар: Futbol, Paxtakor, Quvayt
Sardor Rashidov rasman «Kuvayt SK» futbolchisiga aylandi

O`zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi faoliyatini Kuvaytda davom ettiradi.

Rashidovga Kuvaytning bayroqdor jamoasi «Kuvayt SK» taklif bilan chiqqan va muzokaralardan keyin Sardor Rashidov bugun, 17 iyul kuni arab klubi bilan kelishuvga erishgan. Sardor Rashidovning «Kuvayt SK» bilan bir yillik shartnomaga imzo chekkanini ma`lum qildi.

30 yoshli futbolchining «Paxtakor» bilan amaldagi shartnomasi mavjud bo`lsada, tomonlarning o`zaro bitimida futbolchiga xorij klubidan taklif tushsa, uni qo`yib yuborish haqida band borligi sababli Sardor Rashidov O`zbekiston chempioni safini erkin agent sifatida tark etadi.

Qayd etish joiz, «Kuvayt SK» OFK kubogi joriy mavsumida «C» guruhidan joy olib, guruh bosqichini 1-o`rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqan. OFK kubogi g`olibligini qo`lga kiritishni maqsad qilgan kuvaytliklar 1 iyul kuni Angliyaning «Stok Siti» klubidan Jon Obi Mikelni taklif etgan bo`lishsa, yaqinda «Qatar SK»dan marokashlik futbolchi Mehdi Berrahma ham kuvaytliklar bilan kelishuvga erishgandi. Endi Rashidov «Qatar SK»dagi sobiq jamoadoshi va «Chelsi»ning nigeriyalik sobiq futbolchisi bilan bir klubda to`p suradi.  

Ma`lumot uchun, Sardor Rashidov bungacha Qatarning «Al Jaish», «Qatar SK», BAAning «Al-Jazira» va Portugaliyaning «Nasional» klublarida faoliyat yuritgandi.

Шарҳлар

Futbol: O`zbeksiton milliy terma jamoasi Srechko Katanes boshchiligidagi ilk uchrashuvini Shvesiyaga qarshi o`tkazadigan bo`ldi

14.08.2021, 18:17

O`zbeksiton  milliy terma jamoasi Srechko Katanes boshchiligidagi ilk uchrashuvini Shvesiyaga qarshi o`tkazadigan bo`ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, OFK kalendariga muvofiq,...
Futbol bo`yicha Milliy terma jamoaga sloveniyalik mutaxassis bosh murabbiy bo`lishi mumkin

13.08.2021, 08:05

Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes O`zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo`ladi. Bu haqda O`FA xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, bir qancha xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik...
O`zbekistonda futbol musobaqalari muxlislarsiz o`tkaziladi

27.07.2021, 19:20

O`zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o`tkaziladigan barcha futbol musobaqalari muxlislarsiz o`tkaziladigan bo`ldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabariga tayanib Qalampir.uz xabar bermoqda.  “Mamlakat Sog`liqni saqlash...
Abramov milliy terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqa olmagani sababli lavozimidan bo`shatiladi

17.06.2021, 18:18

O`zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Vadim Abramovni iste`foga chiqishi mumkin.  Ma`lum bo`lishicha, Abramov JCh-2022 saralash bosqichida terma jamoa muvaffaqiyasizlikka uchragani sabab u egallab turgan...