Joriy yilning 20 iyul kuni Islom taraqqiyot banki (ITB), Boshqaruvchilar Kengashi raisi, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov ITB Guruhining Bosh kotibiyati tasdig`iga muvofiq, Boshqaruvchilar Kengashi Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan taklif etilgan nomzod – doktor Muhammad Sulaymon al-Jassirni ITBning yangi prezidenti lavozimiga besh yil muddatga saylash to`g`risida sirtdan qaror qabul qildi.
Boshqaruvchilar Kengashi, shuningdek, Ikki muqaddas masjid xodimi, Podshoh Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumatiga ITBni tashkil etilganidan buyon qo`llab-quvvatlab kelayotgani uchun o`zining chuqur minnatdorligini bildirdi.
Qarorda doktor Bandar ibn Muhammad Al-Hajar Janobi Oliylari tomonidan saylanganidan buyon ITB tuzilmalari va ITB Guruhi oldida amalga oshirilgan mukammal faoliyati hamda o`tgan davr mobaynida jahon moliya bozorlaridagi moliyaviy tashkilotlar orasida o`z mavqeini ko`tarishga imkon bergan ulkan muvaffaqiyatlari Bank Boshqaruvchilari Kengashi tomonidan e`tirof etilgani va yuqori baholangani aks ettirilgan.
2021 yil, 6 iyul, seshanba kuni S.Umurzakov raisligi va Qo`mita a`zolari bo`lgan Boshqaruvchilar ishtirokidagi Bank Boshqaruvchilari Kengashining Tartib-taomillar bo`yicha qo`mitasi ITB raisi lavozimida doktor Bandar ibn Muhammad al-Hajar Janobi Oliylari o`rniga faoliyat yuritish uchun Saudiya Arabistoni Podshohligi vakili, doktor Muhammad al-Jassir Janobi Oliylarining nomzodini ko`rib chiqish maqsadida videokonferensiya o`tkazdi.