COVID-19ga qarshi emlashga monelik (to`siqlik) qiluvchi holatlar:
vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo`lgan shaxslar;
anamnezida og`ir allergik reaksiyalari bo`lgan shaxslar;
o`tkir yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bilan kasallanganlar;
homilador va emizuvchi ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to`g`risida malumot etarli emasligi sababli);
18 yoshgacha bo`lgan bolalar;
OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to`g`risidagi malumot etarli bo`lmagani sababli).
Koronavirus infeksiyaning o`tkir shakli simptomlari bo`lgan bemorlar, laboratoriyada COVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lgan shaxslar, karantin muddati tugaganidan so`ng emlanadilar.
Emlashga bo`lgan barcha turdagi mone`liklar, emlash punktlarida ro`yxatga olinadi. Bir oygacha va undan ko`p muddatga berilgan tibbiy cheklovlar immunologik komissiya azolari tomonidan ko`rib chiqiladi va shunga asosan yakuniy xulosa qilinadi. Emlashga mone`ligi bo`lgan shaxslarni davolash, sog`lomlashtirish rejalari tuziladi va xar bir shaxsga alohida individual emlash rejasi tuziladi. Emlanishga mone`ligi bo`lgan shaxslarning ambulatoriya kartalarida va tibbiy cheklovlarni ro`yxatga olish jurnalida tibbiy cheklovlar to`g`risidagi malumotlar qayd etiladi.