Bugungi kunda dunyo bo`ylab davom etayotgan bir tomondan jadal rivojlanish, ikkinchi tomondan tahlikali koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq global inqiroz davrida iqtisodiy hamkorlarni, biznes sheriklarni yoki kontragentlarni ishonchli va halol bo`lishi, munosabatlarni o`zaro manfaatli tarzda to`g`ri yo`lga qo`yilishi juda ham muhim hisoblanadi.
“O`zbekneftgaz” AJda Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`iga asosan 2020 yil va 2021 yilning o`tgan davrida tizim korxonalari bilan imzolangan shartnomalarni ijrosi, majburiyatlarni asossiz va surunkali ravishda buzib kelayotgan kontragentlar o`rganib taxlil qilindi.
Xususan, Moliyaviy va komplaens nazorat departamenti tomonidan o`tkazilgan o`rganishlarda tovarlarni (ish, xizmat) vaqtida etkazib bermaslik, sifatsiz, muddati o`tgan yoki texnik topshiriqlarga nomuvofiq bo`lgan tovarlar etkazilishi, shuningdek, shartnoma shartlariga ksovuqqonlik bilan munosabatda bo`lishi holatlari yuzasidan 120 ta shartnomalar bo`yicha muammoli va ishonchsiz kontragentlar tomonidan jami 38 ta holatda 6,1 mlrd so`mlik sifatsiz yoki texnik topshiriq talablari bajarilmagan holda moddiy qimmatliklar (xizmatlar) etkazilishi natijasida shartnoma majburiyatlarini buzilishiga yo`l qo`yilgan.
Misol uchun, 2020–2021 yillar davomida 2 ta holatda kontragentlar tomonidan 4,7 mlrd so`mlik mahsulot (xizmat) etkazib berilmasdan, shartnoma majburiyatlarini qo`pol ravishda buzilishiga yo`l qo`yilgan.
Yoki, yuqoridagi davr mobaynida 16 ta holatda kontragentlar tomonidan shartnoma muddatlari buzilishi natijasida Jamiyatga 853,4 mln so`m zarar etkazilgan. Yuzaga kelgan holatni bartaraf etish va etkazilgan zararni undirish bo`yicha sudga tegishli tartibda da`vo arizalari kiritilgan;
Alohida ta`kidlash joizki, ayrim kontragentlar tomonidan shartnoma shartlariga nomuvofiq bo`lgan tovarlarni etkazish xolatlari ham qayd etilmoqda.
Masalan, 4 holatda kontragentlar tomonidan jami 107 mln so`mlik texnik topshiriqqa nomuvofiq mahsulot etkazib berilgan bo`lsa, boshqa 2 kontragent bo`yicha 57 mln so`mlik etkazib berilgan tovarlar kafolat davrida yaroqsiz holatga kelgan.
Tizim korxonalari (boshqarma, zavod, neft bazalari) mutasaddi xodimlari bilan hamkorlikda ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida ishonchsiz va muammoli kontragentlar bilan imzolangan shartnomalar doirasida jami 82 ta holatda 3,3 mlrd so`m miqdoridagi zarar etkazilishini oldi olinishiga erishildi.
Jumladan Jamiyat mutassadi hodimlari tomonidan ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida 2,2 mlrd so`mlik texnik topshiriqqa nomuvofiq bo`lgan mahsulotlarni etkazib berilishi oldi olingan.
O`rganish natijalariga ko`ra, “O`zbekneftgaz” AJda shartnoma majburiyatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan salbiy holatlar bo`yicha “shubhali va muammoli kontragentlar ro`yxati” shakllantirilib, kelajakda ularni alohida nazorat tartibida o`rganish hamda zaruriyatdan kelib chiqib ularga nisbatan xarid jarayonlaridagi ishtiroklariga cheklovlar qo`llash yuzasidan chora tadbirlar belgilab olindi.
Bu kabi salbiy xolatlarni bartaraf etish va oldini olish bo`yicha profilaktik nazorat ishlari davom ettiriladi.