my5
Sevimli

Vaksina olishdan avval “analiz” topshirish kerakmi? Nurmat Otabekov javob berdi

Salomatlik 23.07.2021, 13:13
Vaksina olishdan avval “analiz” topshirish kerakmi? Nurmat Otabekov javob berdi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda shifokor libosini kiyib olgan yigit videochiqish qilib, vaksina olishdan avval PZR (polimeraza zanjir reaksiyasi) tahlilini topshirish kerakligi haqida asossiz fikrlarni tarqatgandi. Bunga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o`rinbosari Nurmat Otabekov munosabat bildirdi.
 

Internetda tarqalgan asossiz xabarning mazmuni quyidagicha edi:

“Emlanish bo`yicha ikkilanib turgan bo`lsangiz, PZR tahlilini topshiring. Agar ushbu tahlilda immunoglobulin G miqdori yuqori bo`lib chiqadigan bo`lsa, u holda emlanishingiz kerak emas. Agar aksincha, immunoglobulin pastroq bo`lsa, emlanish lozim”.

Nurmat Otabekovning ushbu xabar yuzasidan munosabati shunday bo`ldi:

“Immunoglobulin G PZR usulidan emas, balki immunoferment tahlili usulidan foydalanib aniqlanadi. Agar siz shifokor bo`lsangiz, bu orqali o`z savodsizligingizni isbotlayapsiz”.

 

Шарҳлар