Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi o`zining jozibador turistik salohiyatiga ega bo`lgan “Geoburtexnika” davlat korxonasiga qarashli dam olish maskani hamda “Gidroenergetik” sport sog`lomlashtirish oromgohi bilan bog`liq auksion savdolar yakunlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
2 nafar talabgor ishtirokidagi “Geoburtexnika” davlat korxonasi dam olish maskani savdosida boshlang`ich narxi 5,743 mlrd. so`m bo`lgan davlat aktivi 8,499 mlrd. so`mga sotildi.
Shuningdek, boshlang`ich narxi 3,574 mlrd. so`m bo`lgan “Gidroenergetik” sport-sog`lomlashtirish oromgohi 7,077 mlrd. so`mga xususiy sektorga sotildi.
Endilikda, ushbu davlat aktivlari egalari tomonidan 24 oy mobaynida xalqaro standartlarga mos keladigan kamida 3 yulduzli mehmonxona majmuasini barpo etish talab etiladi.
O`z navbatida, bugungi kunda turizm yo`nalishdagi xuddi shunday qator davlat aktivlari auksion savdolariga chiqarildi, jumladan:
· “Lingvist” sport-sog`lomlashtirish oromgohi (er maydoni2,40 gektar);
· “Rangli metall” institutining oromgohi bino-inshootlari(er maydoni 2,64 gektar);
· Sobiq tibbiyot akademiyasi oromgohi (er maydoni 2,0 gektar);
· Foydalanilmayotgan eski bino (er maydoni 0,7 gektar).
Investor tomonidan amalga oshiriladigan loyiha “Chorvoq” erkin turistik zona direksiyasi bilan kelishiladi.