my5
Sevimli

Toshkentning to`rtta tumani chegaralarida o`zgarish bo`ldi

Jamiyat 24.07.2021, 20:25
Теглар: Toshkent, chegara
Toshkentning to`rtta tumani chegaralarida o`zgarish bo`ldi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori bilan poytaxtning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug`bek va Yashnobod tumanlari hududiga Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O`rtachirchiq tumanlaridan 7,8 ming gektardan ko`proq er maydonlari qo`shib berildi. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar er maydoni Toshkent viloyatiga o`tkazildi.

 

Hujjatga ko`ra:

  • Sergeli tumani tarkibiga Zangiota tumanidan 1827,1 gektar;
  • Bektemir tumani tarkibiga Yuqori Chirchiq tumanidan 490 gektar va O`rta Chirchiq tumanidan 1134,2 gektar;
  • Mirzo Ulug`bek tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2294,6 gektar;
  • Yashnobod tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2107,4 gektar er maydoni qo`shildi.

 

Bundan tashqari:

  • Sergeli tumanidan 33,8 gektar er maydoni Zangiota tumani;
  • Bektemir tumanidan 137,5 gektar er maydoni Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o`tkazildi. 

Шарҳлар

Toshkentda "O`zbekiston madaniy merosi – yangi renessans poydevori" V xalqaro kongressi boshlandi

13.09.2021, 12:02

Joriy yilning 13–21 sentyabr kunlari Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida o`tkazilishi rejalashtirilgan an`anaviy madaniy meros haftaligi bo`lib o`tadi.Ma`lumotlarga ko`ra, haftalik doirasida bir qator ko`rgazmalar va...
Toshkentda talabalar bilan bog`liq qanday muammo bo`lmoqda? Vazir holatni tezkor o`rgandi

08.09.2021, 12:10

6 sentyabrdan barcha oliy ta`lim muassasalarida yangi o`quv yili an`anaviy shaklda boshlandi. Ushbu jarayonda asosiy oliygohlar joylashgan Toshkent shahri talabalar bilan gavjumlashdi va ular bilan...
Toshkentda qushlarni otib o`ldirishayotgani rostmi? IIB izoh berdi

03.08.2021, 19:46

Ijtimoiy tarmoqlarda  qushlar otib o`ldirilayotgani bilan bog`liq xabar tarqaldi.Toshkent shahar IIBning ma`lumotiga ko`ra, 2021 yil 1 avgust kuni soat 18.00 da Mirzo-Ulug`bek tumanida yashovchi 1964...
Jahongir Ortiqxo`jaev koronavirusga qarshi emlandi

17.07.2021, 17:58

Jahongir Ortiqxo`jaev koronavirusga qarshi 2 marotaba  emlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha hokim O`zbekiston - Xitoy aksinasi bilan emlangan. Uning aytishicha, yaqin...