Sevimli

Hayotiy voqealarga asoslangan asar:“Jahannamdan qochgan ayol”

Mutolaa 25.03.2016, 15:58
Hayotiy voqealarga asoslangan asar:“Jahannamdan qochgan ayol”

Nargiza Usanboeva

Malohatni juda yaqin tanishim deyolmayman. Chunki u hayotimda bor-yo`g`i uch bor uchragan. Lekin u qadar uzoq ham emas. Sababi, u haqda hamma narsani bilaman. Odatda baxt haqidagi hikoyalardan ko`ra sizni dahshatga soladigan qayg`uli va fojiali lahzalari to`g`risida so`zlagan kishilar ko`proq yodingizda qoladi va yurakka yaqin olasiz. 

Malohat ana shunaqa o`zimga yaqin olgan dugona-singlim. Dugona deganim — har qanday mavzuda suhbatlashib, dardlashib ketaveradi. Singlim deyishimga sabab — mendan yoshi kichik. Xullas, u farzandi bilan ilk bor poytaxtga kelganida, ijara uy topish bahonasida tanishib  qolgandim. Agar ko`rishib qolsak, u ichidagini to`kib solar, uchrashmasak, bir-birimizni u qadar yodga ham olavermaydiganlar toifasidan edik. Yaqin-yaqingacha uni eslamay qo`ygandim. Kutilmaganda tunov kuni ishxonamga kelibdi.

— Opa, Malohatman! Assalomu alaykum! Anuv-chi, avval Marg`ilonni, keyin Toshkentni, so`ng Moskvani kezgan Malo-balo! — o`zimning gapimni o`zimga qaytardi u. 

Men uni rostdan ham Malo-balo derdim. Shu gapni aytishi bilan tanidim. 

— Pastdaman, opa! Har doimgidek ishim tushgani uchun keldim. Lekin bu safargi ishimning xalqqa foydasi bor, — dedi u.

—  Hozir tushaman... 

Ishxonamizning ikkinchi qavatidan yugurgilab tushib, birinchi qavatda joylashgan, mushtariylar qabul qilinadigan xonaga kirdim. Xonadagi divanning bir chetida qimtinibgina o`tirgan ayolni dastavval taniyolmadim. Qaeridir Malohatni eslatardi, ammo xuddi unga o`xshash yoshi kattaroq opasinimi, qarindoshinimi ko`rayotgandek edim. 

—  Malo? — dedim “balo” so`zini aytishga jur`at topa olmay. 

—  Opa! — yugurib kelib bo`ynimdan quchib oldi u. 

— O`zingizmisiz? Nima bo`ldi? — Malohatning bu qadar o`zgarib, qarimsiq va ozg`in bo`lib qolganini hazm qilolmayotgandim. 

— Jahannamdan qochib keldim, opa! Avval Mag`ilondan yoningizga qochib kelgan bo`lsam, keyin Moskvaga qochdim. So`ng... to`g`ri do`zaxga borib qoldim...

Asarning davomini "Darakchi" gazetasida o`qishingiz mumkin...

Шарҳлар