Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Botir Qurbonov ma`lum qildi.
«Agar birinchi doza vaksinani olib, ikkinchisi bilan emlanmagan yoki ikkita bosqichda emlanib, 3 doza vaksina olinmagan bo`lsa 12 hafta muddat ichida keyingi doza bosqichlarini davom ettirish mumkin», — dedi u.
Uning so`zlariga ko`ra, emlanishlar orasidagi muddat 12 haftadan ko`p bo`lsa, ya`ni 3 oydan ortiq bo`lsa emlanish qaytadan — birinchi dozadan boshlanadi.
«Vaksinaning qaysi turi bo`lishidan qat`iy nazar, AstraZeneca, Sputnik V yoki ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bo`ladimi, oraliq muddat 12 haftadan oshsa, revaksinasiya qilinadi», — deya ta`kidladi Botir Qurbonov.