my5
Sevimli

Antitanachalarga test topshirish – pulni ko`kka sovurishdir

Salomatlik 29.07.2021, 20:28
Antitanachalarga test topshirish – pulni ko`kka sovurishdir

 

Chet ellik mutaxassislar ta`kidlashicha, antitanachalar mavjudligini tekshirish uchun topshirilgan test natijalari odamning immun himoyasi darajasi to`g`risida ishonchli xulosalar qilishga imkon bermaydi.

Ma`lumotlarga ko`ra, antitanachalar mavjudligi koronavirusdan himoyalanishning aniq belgisi emas, bundan tashqari uzoqroq saqlanib qoladigan hujayraviy immun reaksiyasi mavjud bo`lib, uni antitanachalarga topshirilgan test aniqlay olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, sizda antitanachalar darajasi past bo`lishi mumkin, ammo shunga qaramay, hujayraviy immunitet orqali virusga qarshi yaxshi himoya ham mavjud bo`lishi mumkin. Yoki aksincha, yuqori darajadagi antitanachalar va past hujayraviy himoya darajasi bo`lishi mumkin.

Shu bilan birga, kross-reaksiya tufayli test noto`g`ri ijobiy natija ko`rsatishi mumkin – masalan, oddiy shamollashdan keyin qolgan antitanachalarni test Covid-19ga qarshi immunitet deb baholashi mumkin.

Bunday vaziyatda mutaxassislar sizni kasallikdan keyin "himoyalanganingizga" ishonch hosil qilish uchun pulni behuda sarflamaslikni maslahat berishmoqda: koviddan tuzalgan bemorlarning qon plazmasi virusning yangi variantlari bilan kurashishga uncha qodir emas.

Ilmiy nuqtai nazardan, mantiqqa to`g`ri keladigan yagona narsa - imkon qadar tezroq virusga qarshi emlanishdir.

Шарҳлар