my5
Sevimli

Abiturientlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Jamiyat 30.07.2021, 23:08
Теглар: Abiturient
Abiturientlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2021-2022-o`quv yilida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirish uchun onlayn ro`yxatdan o`tgan abiturientlarga «Abiturient ruxsatnomasi»ni berish boshlandi. Bu haqda DTM xabar berdi.

"Abiturientlar test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abiturient ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqaminiki kiritgan holda olishlari mumkin. 

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

Abiturient ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo`lgan botlar: 

 @mandat2021bot 

 @mandat2021_1_bot 

 @mandat2021_2_bot 

 @mandat2021_3_bot

  @mandat2021_4_bot 

Test sinovlari 5 avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abiturientlardan ruxsatnomalarni 4 avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so`raymiz. "-deyiladi xabarda.

Shu o`rinda DTM abiturientlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishlari lozimligini, pasport (ID-karta) bo`lmagan taqdirda abiturient ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmasligini eslatmoqda.

Шарҳлар

Qorаqalpog`istonda 29 nafar abiturientni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan "DTM xodimi" ushlandi

24.09.2021, 10:27

Qorqalpog`istonda 29 nafar abiturientni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan "DTM xodimi" ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.Qayd etilishicha, fuqaro R.E. boshqa bir fuqaro...
Buxorolik abiturient imtihonda eng yuqori ballni to`plab Prezident grantini qo`lga kiritdi

07.08.2021, 19:21

Romitan tumanidagi 33-umumta`lim maktabi bitiruvchisi Baxtiyor Karvonov oliy ta`limga kirish uchun o`tkazilgan test sinovlarida 70 ta test topshiriqlarining barchasini to`g`ri bajarib, 189 ballni qo`lga kiritdi...
Harorati yuqori va koronavirusga chalingan abiturientlar uchun qayta test sinovi tashkil etish tartibi tasdiqlandi

07.08.2021, 17:02

"Covid-19 pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib 2021-2022-o`quv yilida oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga kirish uchun test sinovlarini o`tkazishda sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilash tartibini tasdiqlash haqida" Davlat...
Abiturientlarga ruxsatnomalarni berish 1 avgustdan boshlanishi ma'lum bo'ldi

29.07.2021, 18:34

Davlat test markazi abiturientlar uchun muhim yangilikni e`lon qildi.Unga ko`ra,  2021-2022-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun...