sevimli
Sevimli

Nima uchun pnevmoniyadan so`ng organizmning tiklanishi qiyin?

Jamiyat 31.07.2021, 18:03
Теглар: Pnevmoniya
Nima uchun pnevmoniyadan so`ng  organizmning tiklanishi qiyin?

So`ngi kunlarda koronavirusga chalingan bemorlar ichida pnevmoniya holatlari ortmoqda. Ularning organizmida  pnevmoniyadan so`ng turli o`zgarishlar kuzatilmoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurillaeva  avj olayotgan bu kasallik ta`sirlari haqida so`z ochdi:

     — Pnevmoniya bilan kasallangan organizmning tiklanishi oson jarayon emas. Bu o`pkaning shikastlanish darajasi va intoksikasiya bilan bog`liq bo`ladi. Pnevmoniyada kislorod va nafas etishmovchiligi kuzatiladi. Shuning uchun tiklanish jarayoni bir qancha vaqt talab etadi.  

   Pnevmoniyadan so`ng kuzatilgan noxushlik va kuchli holsizlik temir tanqisligi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Temir moddasi yallig`lanish jarayonlarida organizmda faol qatnashadi. Bundan tashqari, surunkali yurak etishmovchiligida, buyrak etishmovchiligi kabi xolatlarda ham kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashish zarur. Bemor holatidan kelib chiqib, mos bo`lgan preparatni qabul qilish tavsiya etiladi.  

 

Doimiy hansirash pnevmoniyadan tashqari quyidagi kasalliklarda kuzatilishi mumkin:

  • Yuqori nafas yo`llari va o`pka kasalliklari;  
  • yurak kasalliklari;
  • qon kasalliklari;  
  • kamharakat hayot tarzi (bunda biroz jismoniy harakatdan so`ng ham hansirash paydo bo`lishi mumkin);  
  • O`RVI yoki boshqa infeksion kasalliklar fonida.

 

Hansirash jiddiy belgi hisoblanadi, shuning uchun siz tashxisni aniqlashtirish maqsadida shifokorga murojaat  

qilishingiz zarur!

 

Шарҳлар

Pnevmoniya nasl surishi mumkinmi? Shifokor aniqlik kiritdi

04.12.2021, 17:43

Shifokorning so`zlariga ko`ra, barcha pulmonologik kasalliklar ham nasldan naslga o`tmaydi. Nasl suradigan kasalliklar guruhiga mukovicsidoz, bronxial astma va boshqa allergik kasalliklar kiradi."Oilada ota yoki ona...
O`zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 400 nafardan kamaydi, 15 kishida pnevmoniya aniqlandi

11.10.2021, 10:21

Kecha O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari 400 nafardan kamaydi, 2 nafar bemor vafot etdi. Shuningdek, 15 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Bu haqda SSV xabar berdi.Qayd...
O`zbekistonda yana 448 kishi koronavirus bilan kasallandi, 37 nafar inson pnevmoniyaga chalindi

04.10.2021, 11:06

O`zbekistonda yana 448 kishi koronavirus bilan kasallandi, 37 nafar inson pnevmoniyaga chalindi. Bu haqda  SSV xabar berdi.Unga asosan, so`nggi kecha kunduzda O`zbekistonda 450 nafarga yaqin...
Kecha O`zbekistonda 530 nafardan ziyod kishi koronavirusga chalindi. 118 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi

23.09.2021, 10:47

Kecha yurtimizda 530 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Shuningdek 118 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot...