Jurnalist Abror Zohidov Prezident matbuot kotibiga savol berdi:
Davlat rahbari vaksina qabul qilganmilar? Ha, bo`lsa, qanday?
"Prezidentimiz mas`uliyatli fuqaro sifatida, albatta, vaksina olganlar. O`sha vaqtda O`zbekistonda 3 ta vaksina ro`yxatdan o`tgan edi: 'ZF-UZ-VAC2001’, ‘AstraZeneca’ va ‘Sputnik V'. Prezidentimiz shu vaksinalardan biri bilan to`liq emlanganlar", — deb javob bergan Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida.