AsosiyIqtisodiyot

O`zbekiston iste`mol bozoridagi narxlar iyul oyida ham o`rtacha 0,2 foizga arzonlashdi

'O`zbekiston iste`mol bozoridagi narxlar iyul oyida ham o`rtacha 0,2 foizga arzonlashdi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi an`anaviy ravishda iyul oyida deflyasiyani qayd etdi. 

Ma`lum qilinishcha, iyul oyida tovarlar va xizmatlar o`rtacha 0,2 foizga arzonlashdi. 2021-yil boshidan esa ular 4,2 foizga qimmatladi.

Ushbu holat, asosan, mavsumiy omil hamda meva va sabzavotlar narxi arzonlashgani bilan tavsiflanadi. Undan avvalgi yillarda ham shunday bo`lgan: 2020- yilning iyul oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida o`rtacha 0,3 foizga, 2019- yilda esa 0,4 foizga arzonlashgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari 0,9 foizga arzonladi, nooziq-ovqat mahsulotlar 0,5 foizga, xizmatlar esa 0,2 foizga qimmatladi. Markaziy bank 2021-yilda inflyasiya 10 foiz atrofida bo`lishini prognoz qilgandi. Hozircha bu taxmin o`zini oqlamoqda.

Boshqa yangiliklar