O`zbekiston qariyb 70 ming tonna pomidor eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasining Axborot xizmati ma`lum qildi.
Unga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-iyun oylari davomida qiymati 50,2 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 69,0 ming tonna pomidor eksport qilgan.
Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7 ming tonnaga kam.
2021 yilning yanvar-iyun oylari davomida O`zbekiston pomidor eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Rossiya – 36,2 ming tonna
- Qozog`iston – 19,7 ming tonna
- Qirg`iz R. – 11,0 ming tonna
- Tojikiston – 1,9 ming tonna
- Belarus – 53,6 tonna
- AQSh – 20,9 tonna
- Afg`oniston – 12,0 tonna
- Ukraina – 9,1 tonna
- BAA – 7,7 tonna
- Germaniya – 0,5 tonna