Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot kotibi Abdufattoh Sharifzodaga tayanib Sputnik xabar qildi.
Tojikiston rahbari qanday vaksina bilan emlangani hozircha aniqlanmagan.
Avvalroq, Emomali Rahmon ish safari chog`ida, Ayniy viloyati rahbariyati va faollari bilan chiqishlarining birida fuqarolarni emlashga chaqirgan edi.
Keyin U koronavirusga qarshi emlanganini aytgan va hammaga undan o`rnak olishni maslahat bergan.