Hindistonning G`arbiy Bengaliya shtatida kuchli jala va suvombordan suv qo`yib yuborilishi bois 14 kishi qurbon bo`ldi. 250 ming kishi uylarini shoshilinch tark etishga majbur bo`lgan, deb yozadi Indian Express gazetasi.
Mahalliy hokimiyat tarqatgan ma`lumotlarga ko`ra, G`arbiy Bengaliyaning bir nechta tumanini suv bosgan. Hukumat uylarini tark etgan odamlar uchun vaqtinchalik boshpana tashkil etmoqda.
Hukumat jabrlanganlarga gumanitar yordam ko`rsatish va qutqaruv ishlarini olib borish uchun harbiy vertolyotlarni jalb qilgani ta`kidlanadi mazkur xabarda.