my5
Sevimli

Farg`onada qarovsiz qolgan onaxon o`z vaqtida qutqarib qolindi

Jamiyat 03.08.2021, 22:10
Farg`onada qarovsiz qolgan onaxon o`z vaqtida qutqarib qolindi

Bugun, 3 avgust kuni soat 11:05 da Farg`ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Farg`ona shahri ko`chalarining birida joylashgan ko`p qavatli uylarning yuqori qavatida istiqomat qiluvchi fuqaroning kechadan buyon ko`chaga chiqmayotganligi, qo`shnilar tomonidan chaqirilganda, hech kim javob bermaganligidan xavotirlanib, murojaat qilingan.  Bu haqda FVV Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qutqaruvchilar tomonidan profilaktika inspektori hamkorligida   maxsus uskunalar yordamida 3-qavatda joylashgan xonadonning balkoni orqali uyga kirilib, eshik ochildi va xonadon yotoqxonasida fuqaroning betob bo`lib yotib qolganligi aniqlandi.

Onaxonga birinchi yordam ko`rsatilib, malakali tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida shifokorlarga topshirildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Шарҳлар