Erkin kurash bo`yicha -57 kg vazn toifasida yarim final janglari bo`lib o`tdi.
Unda Rossiya vakilli Zavur Uguev eronlik raqibini mag`lub etib final yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Bu natijasi o`zbekistonlik G`ulomjon Abdullaevga bronza medal uchun kurashish imkoniyatni taqdim etdi.
Endi ertaga G`ulomjon Abdullaev bronza uchun o`tish bahsida amerikalik Tomas Patrik Gilmanga qarshi gilamga chiqadi. G`alaba qozongan sportchi bronza medali uchun eronlik Rizo Atrinag`archi bilan bellashadi.