my5
Sevimli

Harorati yuqori va koronavirusga chalingan abiturientlar uchun qayta test sinovi tashkil etish tartibi tasdiqlandi

Jamiyat 07.08.2021, 17:02
Теглар: Abiturient, koronavirus
Harorati yuqori va koronavirusga chalingan abiturientlar uchun qayta test sinovi tashkil etish tartibi tasdiqlandi

"Covid-19 pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib 2021-2022-o`quv yilida oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga kirish uchun test sinovlarini o`tkazishda sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilash tartibini tasdiqlash haqida" Davlat test markazi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (SEO va JS) ning qo`shma qarori qabul qilindi. Buni DTM  ma`lum qildi.

Unga ko`ra, tana harorati 37 C dan yuqori bo`lgan va test sinovlariga kiritilmagan abiturientlarga test sinovlari o`tkazilayotgan hududda Davlat test markazi hamda SEO va JS vakili tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Davlat test markaziga koronavirus kasalligi tasdiqlanib, davolanayotgan abiturientlar yoki ularning vakillari tomonidan respublika bo`yicha test sinovlari to`liq yakunlanguncha, (16 avgust) ga qadar onlayn ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qilganlar to`g`risidagi ma`lumotlar test sinovlari to`liq yakunlangandan so`ng 3 kun ichida SEO va JSga tekshirish uchun taqdim etiladi.

Bunda abiturientlar yoki ularning vakillari arizani (tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) covid@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

SEO va JS tomonidan arizalar o`rganilib, haqiqatdan kasalligi tasdiqlangan abiturientlar to`g`risidagi ma`lumotlar Davlat test markaziga 3 kun muddatda qayta taqdim etiladi.

Test sinovlari to`liq yakunlangandan so`ng 14 kun ichida mazkur toifadagi abiturientlar uchun qayta test sinovlari tashkil etiladi.

Bunda o`rnatilgan tartibda ariza bilan murojaat qilgan va to`liq sog`aygan abiturientlar to`g`risidagi ma`lumotlar SEO va JS tomonidan test sinovlari bo`lib o`tadigan kundan 4 kun avval Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Qayta tashkil etilgan test sinovlarida tana harorati 37 C dan yuqori bo`lgan va test sinovlariga qadar to`liq sog`aymagan abiturientlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

Шарҳлар

O`zbekistonda yana 209 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 3 bemor vafot etdi

02.12.2021, 10:11

Kecha O`zbekistonda yana 210 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, kasallikdan 3 nafar bemor vafot etdi.SSVning ma`lumot berishicha, 2021 yil 1 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda...
O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana 200 nafardan oshdi. SSV muhim ogohlantirish berdi

27.11.2021, 11:19

2021 yil 26 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192599 (+218) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma`lum...
Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik soni ko`paygani tufayli yangi cheklovlarni joriy etdi

27.11.2021, 00:32

Evropa koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko`paymoqda, deya xabar bermoqda Associated Press xabar berdi. Jumladan, Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik holatlari sababli yangi cheklovlar joriy etildi. Oxirgi sutkada...
O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar va o`limlar soni ortdi

25.11.2021, 10:05

Kecha yurtimizda 220 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.2021 yil 24 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni...