Sevimli

Yilning 6 oyida har 100 ming aholiga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan

Jinoyat 10.08.2021, 16:44
Теглар: Jinoyat, IIB
Yilning 6 oyida har 100 ming aholiga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan

2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan  matbuot anjumanidan maxsus muxbirimiz Abdukarim Zaripov xabar qildi.

Unga ko`ra, tadbirda  Ichki ishlar vaziri o`rinbosari Bekmurod Abdullaev quyidagilarni  ma`lum qilgan:

"2021 yil 6 oyida 2017 yilning 6 oyiga nisbatan qariyb ikki baravar ko`p (8592/15321) jinoyatlar aniqlangan. Xususan, joriy yil 6 oyi yakuniga ko`ra, respublikaning 9251 ta mahalladan 4559 tasida (49,3 %) birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo`l qo`yilmadi. O`z navbatida, jami qayd etilgan 45 630 ta jinoyatning 15 881 tasi yoki 34,8 foizi avvalgi yillarda sodir etilib, joriy yilda hisobga qo`yilgan. Shuningdek, 15 434 ta jinoyat (jami 45 630 tadan 33,8 %) xodimlarning tashabbusi bilan aniqlandi va shunday jinoyatlar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 71,4 foizga (9 004 tadan 15 434 taga) yaxshilandi. 

Shu jumladan, xodimlarimiz tomonidan:

  • 548 ta korrupsiyaviy, 99 ta odam savdosi va 322 ta kiberjinoyatlar fosh etildi, 368 kg narkotik vositalari, 55 dona o`qotar qurol va 212 dona o`q-dorilarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi;  
  • avvalgi yillardan ochilmasdan qolgan 3 833 ta jinoyat fosh etildi, qidiruvdagi 1 888 nafar shaxs ushlandi, bedarak yo`qolgan 263 nafar shaxs topildi".

Шарҳлар

Toshkentda haydovchilarga bosqinchilik qilayotgan yana bir guruh qo`lga olindi

15.01.2022, 10:22

Toshkent shahri. 2022 yil 08 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 34 yoshli X.J. Yashnobod tuman IIO FMB boshlig`i nomiga murojaat yo`llandi. Bu haqda...
Qashqadaryoda "Nexia" va "Kamaz" ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

15.01.2022, 10:02

2022 yilning 11 yanvar kuni soat 05:30larda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani "Ko`ksoy" MFY hududidagi yo`lda Nexia va "KamAZ" ishtirokida YTH sodir bo`ladi. Bu haqda viloyat...
Toshkentda YPX xodimiga pora berishga uringan haydovchi fosh etildi

12.01.2022, 22:03

2022 yil 8 yanvar kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Chimkent ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi F.Uzaqov tomonidan "Damas" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan. Tekshiruv davomida transport...
Namanganda qidiruvdagi shaxs qo`lga tushdi

12.01.2022, 21:16

2022 yil 8 yanvar kuni Namangan viloyatida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi. Ma`lum bo`lishicha,  o`tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O`z.R JKning 167-moddasi 2-qismi,...