sevimli
Sevimli

"Navbat bechora dehqonlarga keldimi deyman..." Yangihayotda sodir bo`lgan holat bo`yicha IIB munosabat bildirdi

Jamiyat 12.08.2021, 11:22
Теглар: Yangihayot
"Navbat bechora dehqonlarga keldimi deyman..."  Yangihayotda sodir bo`lgan holat bo`yicha IIB  munosabat bildirdi

Internet tarmog`ida tarvuz va qovun sotuvchisining qo`lga olinishi tushirilgan «Navbat bechora dehqonlarga keldimi deyman» sarlavhali video tarqaldi. Mazkur fakt bo`yicha Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma`lum qildi.

2021 yil 5 avgust kuni soat 18:10 da Yangihayot tumani Tursunzoda ko`chasidagi yo`l chetida Shaxzod G. poliz ekinlarini sotish maqsadida terib qo`yib, bu bilan jamoat tartibini buzgan.

Qayd etilishicha, ichki ishlar organlariga har yili iyul va avgust oylarida yo`l harakati qatnashchilari nomidan yo`llarda noqulaylik va xavf tug`dirayotgan tarvuz va qovun sotuvchilariga nisbatan noroziliklar kelib tushadi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari ushbu murojaatlarni inobatga oladi. Tekshiruv maqsadida xodimlar Shaxzod G.dan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini va savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnomani taqdim etishini so`rashadi. Ammo fuqaro ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini mensimasdan, ularni uyatli gaplar bilan haqorat qilishni boshlagan va sodir etgan huquqbuzarligi uchun javobgarlikdan qutulib qolish niyatida atrofdagilarning e`tiborini tortmoqchi bo`lgan.

Natijada fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183-moddasi («Mayda bezorilik») va 194 moddasi («Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») bo`yicha bayonnoma rasmiylashtiriladi. Hujjatlar qonuniy chora ko`rilishi uchun sudga topshiriladi.

"Sudning qaroriga ko`ra, fuqaroning hatti-hatakatlariga Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan to`g`ri baho berilgan va fuqaro aybiga iqror bo`lib tavba qilgani bois unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 34-moddasiga («Bir necha huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma`muriy jazo qo`llanish») muvofiq besh kunlik qamoq ko`rinishidagi jazo belgilandi.", deyiladi xabarda.

Шарҳлар

Yangihayotda qariyb 118 million so`mlik dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritganlar aniqlandi

06.09.2021, 11:28

Yangihayot tumanida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor...
Yangihayot tumanida oilaviy yotoqxonadan xonadon olib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

10.04.2021, 13:44

  Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.K. tumandagi “Kommunal ta`mirlash-avariyani tiklash xizmati” MChJ nazoratchisi S.X. bilan oldindan til...
Yangihayot tumanida “Kunlik ishchilar markazi” ochildi (foto)

23.03.2021, 23:33

Yangihayot tumani Toshkent halqa avtomobil yo`li ko`chasida “Kunlik ishchilar markazi” o`z faoliyatini boshladi. Bu haqda tuman matbuot xizmati xabar qildi.Ishsiz fuqarolar uchun kunlik va doimiy...
Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi

12.11.2020, 15:19

Prezident qarori (PQ-4888-son, 11.11.2020 y.) bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi.Bu haqda "Huquqiy axborot" ma`lum qildi.Yangihayot tumaniga o`tkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning...