Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Ronaldu Madriddagi ikkita uyini sotuvga qo`ydi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Krishtianu Ronaldu, Futbol

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madriddagi ikkita uyini sotuvga qo`ydi, deya xabar beradi isport.ua portali. 

Portugaliyalik hujumchi o`zining villasi va onasi Dolores Aveyruning uyini sotuvga qo`ydi. Har ikki xonadon sotuvidan Ronaldu 7,5 million evro foyda ko`rmoqchi. 31 yoshli forvard Madriddagi La Finka tumanida joylashgan villasini 2010 yilda 4,9 million evroga sotib olgandi. Ushbu uyda ettita yotoqxona, to`qqizta vannaxona, lift, basseyn, kinoteatr va sportzal mavjud. 

Ronaldu uylarini sotuvga qo`ygani uning kelasi mavsumda boshqa klubga o`tib ketishi bilan bog`liq, deb hisoblanmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии