sevimli
Sevimli

Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov Jinoyat kodeksiga “Kelajakka xiyonat” bobini kiritishni taklif qildi

Jamiyat 13.08.2021, 12:25
Теглар: Alisher Qodirov
Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov Jinoyat kodeksiga “Kelajakka xiyonat” bobini kiritishni taklif qildi

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi bog`chada 25 nafar bola ovqatdan zaxarlangani haqida xabar bergan edik. 

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o`rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi Alisher Qodirov mazkur holatga o`z munosabatini berdi. 

"Ta`lim-tarbiya kelajak shakllanadigan soha.  Bu erda kelajakni shakllantiradigan fidoyilar ishlaydi va ular qahramonlardir. 

Shu bilan birga sohada kelajakka xiyonatchilar ham aralashib yuribdi. Bolani sog`lom, tarbiyali va bilimli bo`lishini tashkil qilishdek mas`uliyat yuklangan inson bolalarni ozuqasini o`g`irlasa, sifatlisini “vijdonsizlarcha” o`zi eb, bolalarga qoldiqlarini yoki eskiroqlarini edirib yuborsa. Bilim o`rniga bolalar tafakkuriga “xatolar paketi” yoki “bo`shliq”ni joylasa. Pulini olib, qulab tushadigan ko`prikni loyihalaydigan muhandisga “a`lo”ni bosib bersa... bu toifa inson bu qadar mas`uliyatli joyda nima qilib yuribdi, degan savol tug`ilishidek tabiiy nima bor?

Men Jinoyat kodeksiga “Kelajakka xiyonat” bobini kiritishni va ushbu bobda bolalar bog`chasi, maktab va oliygohlarda vazifasiga xiyonat qilayotganlar, bolalarimizni xaqqi va vaqtini o`g`rilayotganlarga nisbatan choralar belgilanishini taklif qilaman.  

Takror aytaman, bu sohada qahramonlar ishlashi kerak. Va ularning maoshlari ham, mehnat sharoitlari ham eng yuqori darajada bo`lishi shart",–dedi Qodirov.

Шарҳлар

Alisher Qodirov Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi

26.08.2021, 14:14

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirovning nomzodi S`ezd delegatlarining ko`pchilik ovozi bilan tasdiqlandi. Bu haqda Milliy tiklanish demokratik partiyasi xabar berdi.Oliy Majlis...
Oliy ta`lim tarbiya maskani emas, bu jarayondan uzilishi kerak – Alisher Qodirov

10.03.2021, 17:18

Buxoro davlat universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov rahbarligidagi ta`limga mas`ul Parlament komissiyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.Parlament...
“Milliy tiklanish” partiyasi rahbariga farmonning uchinchi bandi bilan tanishib chiqishni taklif etaman”

27.12.2019, 13:20

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov maktablarda sport zallari va oshxonalar yo`qligida sobiq Xalq ta`limi vaziri va amaldagi vazirni ayblashga uringani bo`yicha Xalq demokratik partiyasi...