my5
Sevimli

"84 harbiy chegarani kesib o`tdi" – TIV Afg`oniston bilan davlat chegarasidagi vaziyat haqida ma`lumot berdi

Jamiyat 15.08.2021, 08:38
Теглар: TIV
"84 harbiy chegarani kesib o`tdi" – TIV Afg`oniston bilan davlat chegarasidagi vaziyat haqida ma`lumot berdi

2021 yilning 14 avgust kuni Afg`oniston bilan Davlat chegarasining bo`linmalaridan birida Afg`oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruh davlat chegarasini kesib o`tdi va DXX Chegara qo`shinlari chegara otryadlari tomonidan qo`lga olindi. Chegarani buzganlar qarshilik ko`rsatmagan va ko`makka muhtojligini bildirgan,  jumladan, 3 nafar yaralangan shaxsga tibbiy yordam so`ragan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Afg`onistonning mazkur fuqarolari bilan zarur tekshiruv-filtrlash jarayonlari va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari o`tkazildi, ularning ayrimlariga tibbiy yordam ko`rsatildi, shuningdek, oziq-ovqat va ularning vaqtincha joylashishi tashkil etildi.

Shu bilan birga, Termiz-Hayraton ko`prigining Afg`oniston qismida Afg`oniston hukumat kuchlarining harbiy xizmatchilari to`plangani qayd etildi. Bu shaxslarga insonparvarlik yordami ko`rsatish choralari ko`rilmoqda.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg`oniston fuqarolarining vataniga qaytishi va “Termiz-Hayraton” ko`prigi hududidagi vaziyatni tartibga solish borasida Afg`oniston tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bundan tashqari, 14 avgust kun davomida “Termiz-Mozori-Sharif” temir yo`l uchastkasida xizmat ko`rsatuvchi O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini vatanga qaytarish tashkil etildi.

Ta`kidlash joizki, davlat chegarasini qo`riqlash va himoya qilish kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda, barcha zarur xavfsizlik choralari ko`rilgan. Termizda xavfsizlik idoralari rahbarlari va davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat tezkor shtab joylashtirilgan.

Шарҳлар

Tashqi ishlar vaziri: "AQSh bizga 5 million dozadan ortiq vaksinani beg`araz taqdim etganidan minnatdormiz"

03.10.2021, 17:26

2021 yilning 3-oktabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo`shma Shtatlari Davlat kotibining birinchi o`rinbosari Uendi Sherman bilan uchrashuv o`tkazdi. Suhbat chog`ida O`zbekiston-AQSh...
O`zbekiston delegasiyasi Afg`oniston masalalari bo`yicha Tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etadi

27.09.2021, 10:33

Joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari  Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi.Mazkur tadbirda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi...
O`zbekiston qo`shni davlatlarga o`t ochishni zudlik bilan to`xtatishga chaqirdi

29.04.2021, 17:16

Avvalroq, Tojik-qirg`iz chegarasida qurolli to`qnashuv ro`y bergani haqida yozgan edik. O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi holat bo`yicha rasmiy bayonot berdi. "O`zbekiston Respublikasi qirg`iz-tojik davlat chegarasida vaziyatning keskinlashishi,...
"Al Jazeera" muxbiri O`zbekistonda akkreditasiya qilindi

03.02.2021, 13:40

O`zbekistonda ishlash uchun akkreditasiya berilmagan va Tashqi ishlar vazirligi xodimi unga shilqimlik qilganini ta`kidlagan polshalik jurnalist Agneshka Pikuliska haqida xabar berilgan edi.Keyinchalik, O`zbekiston Tashqi ishlar...