sevimli
Sevimli

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda

Dunyo 16.08.2021, 12:20
Теглар: Jazo, Rossiya, vaksina
Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

Unga ko`ra, Rossiyadagi har beshta kompaniyaning biri koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh tortgan va buning uchun tibbiy sabablari bo`lmagan xodimlarni ishdan chetlashtirgan yoki bo`shatgan.

“Forbes”ning ma`lum qilishicha, vaksina olishi majburiy bo`lgan 900 ta kompaniya o`rtasida o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra, ularning 47 foizida xodimlarning o`ndan bir qismi, 33 foizida uchdan bir qismi, 12 foizida esa yarmidan ko`prog`i emlashdan bosh tortgan.

Ushbu kompaniyalar tomonidan emlashdan bosh tortgan xodimlarga turlicha munosabat bo`lmoqda. Tashkilotlarning qariyb 50 foizi xodimlarga nisbatan hech qanday chora ko`rmagan, ammo 16 foizi xodimlarini ishdan chetlatgan, 5 foizi esa ishdan bo`shatgan.

Mutaxassislarning fikricha, majburiy emlash sababli xodimlarning ommaviy ishdan bo`shatilishi yoki boshqa sohalarga o`tib ketishi holati yuz bermaydi. Chunki hozirgi vaqtda Rossiya mehnat bozori kadrlar etishmasligini boshdan kechirmoqda.

Шарҳлар

Kecha O`zbekistonda koronavirusga qarshi 142 800 doza vaksina qo`llanildi – SSV

15.01.2022, 10:36

Yurtimizda  COVID-19ga qarshi qo`llanilgan vaksina miqdori 40,5 million dozadan oshdi.14 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 142 800 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:1-bosqich emlanganlar 142 800...
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo`llanilgan jami vaksinalar soni 39,6 million dozadan oshdi

08.01.2022, 12:43

7 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 154 024 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:1-bosqich emlanganlar 19 069  nafarni,  2-bosqich emlanganlar 71 408  nafarni,3-bosqich emlanganlar 63 547...
Pfizer vaksinasi bilan emlanganlar soni ma`lum qilindi

31.12.2021, 13:05

30 dekabr holatiga ko`ra, yurtimizda 623 094 doza Pfizer vaksinasi bilan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar ixtiyoriy ravishda emlandi.Ulardan:1-bosqich emlanganlar 439 880 nafarni,2-bosqich emlanganlar...
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo`llanilgan jami vaksinalar soni 39,2 million dozadan oshdi

31.12.2021, 11:35

30 dekabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 167 131 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:1-bosqich emlanganlar 25 001 nafarni,  2-bosqich emlanganlar 88 000 nafarni,3-bosqich emlanganlar 54 130...