my5
Sevimli

Namanganda VAZ-2101 GAZ-31 ga borib urildi. Natijada yo'lovchi halok bo`ldi

Jamiyat 17.08.2021, 15:55
Теглар: ​Namangan, VAZ-2101
Namanganda VAZ-2101 GAZ-31 ga borib urildi. Natijada yo'lovchi halok bo`ldi

Namanganda “VAZ-2101” “GAZ-31”  ga borib urildi. Natijada yo'lovchi halok bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.

Unga ko`ra, 2021 yil 14 avgust kuni soat 06:00 larda, Chortoq-Namangan yo`lining 3 km.da, Chortoq tumani "Bog`" mahallasi hududida, Chortoq tumanida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan fuqaro "VAZ-2101" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni o`ng tomonida to`xtab turgan, Chortoq tumanida yashovchi, 1968 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvidagi "GAZ-31" rusumli avtomashinasi tirkamasiga borib urilgan.

Natijada, "VAZ-2101" rusumli avtomashina salonida bo`lgan yo`lovchi, Chortoq tumanida yashagan, 1987 yilda tug`ilgan fuqaro olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. 

Ushbu holat bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani ma`lum bo`ldi.

Шарҳлар

Namanganda voleybol bo`yicha O`zbekiston chempionati boshlandi

06.11.2021, 18:46

Namangan viloyatida o`smir qizlar o`rtasida voleybol bo`yicha O`zbekiston chempionatiga start berildi.Musobaqa ikki yosh toifasida bo`lib o`tmoqda: 2005-2006, 2007-2008-yillarda tug`ilgan kizlardan tashkil topgan jamoalar o`zaro chempionlik...
Namanganda to`qimachilik instituti tashkil qilinadi

28.09.2021, 12:34

Namanganda to`qimachilik instituti tashkil qilinadi.Bunga to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha Namangan viloyati respublikada etakchi ekanligi sabab qilib ko`rsatildi."Institutda Italiya, Fransiyadan etakchi mutaxassislar kelib dars beradi....
Shavkat Mirziyoev Namanganga tashrifini yakunlab, Farg`onaga etib keldi

27.09.2021, 20:52

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga yo`l olgani haqida xabar bergan edik.Davlat rahbari tashrifi davomida viloyatdagi mavjud muammolarni sanab chiqdi, shuningdek, Afg`oniston chegarasida namanganlik askar...
Prezident Shavkat Mirziyoev endi Namangan viloyatiga yo`l oldi

27.09.2021, 11:20

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun 27 sentyabr kuni Namangan viloyatiga yo`l oldi.Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.Qayd etilishicha, keyingi kunlarda rahbarning...