Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekistonga xorijdan qiymati 2,1 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 4,2 ming tonna apelsin import qilingan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming tonnaga ko`p.
2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston apelsin import qilgan davlatlar:
- Turkiya – 2,3 ming tonna
- Misr – 1,7 ming tonna
- Qozog`iston – 128,2 tonna
- Xitoy – 70,9 tonna
- JAR – 47,0 tonna
- Eron – 22,2 tonna
- Rossiya – 16,0 tonna
- Qirg`iz R. – 0,9 tonna
Shuningdek, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida apelsin import qilgan hududlar:
- Toshkent shahri – 3,0 ming tonna
- Toshkent viloyati – 478,8 tonna
- Andijon viloyati – 253,3 tonna
- Buxoro viloyati – 208,2 tonna
- Farg`ona viloyati – 155,5 tonna
- Samarqand viloyati – 69,4 tonna
- Surxondaryo viloyati – 22,2 tonna
- Namangan viloyati – 20,9 tonna
- Qashqadaryo viloyati – 9,6 tonna