my5
Sevimli

Abdulaziz Kamilov Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Siyosat 23.08.2021, 18:54
Теглар: Abdulaziz Kamilov
Abdulaziz Kamilov Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

2021 yilning 23 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Teri Hakalani qabul qildi.

O`zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitisiya, ta`lim va ilmiy tadqiqotlar sohalaridagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, bo`lajak turli darajadagi ikki tomonlama va mintaqalararo tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Afg`onistondagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi. T.Hakala O`zbekiston tomoniga Evropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolari va boshqa shaxslarni Afg`onistondan evakuasiya qilish jarayonida har tomonlama ko`rsatayogan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Шарҳлар

Abdulaziz Kamilov vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Dushanbega boradi

21.11.2021, 17:47

2021-yilning 22-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga tashrif...
Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistonning O`zbekistondagi elchisini qabul qildi

02.11.2021, 17:42

2021-yilning 2-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizga Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi. Bu...
Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

12.10.2021, 10:10

2021 yil 11 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nur-Sulton shahrida  bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha Kengash vazirlar uchrashuvi...
Abdulaziz Kamilov Italiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

04.09.2021, 13:47

2021 yil 4 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luiji Di Mayo bilan uchrashuv o`tkazdi,...