AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi qariyb 44 ming donaga kamaydi

'O`zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi qariyb 44 ming donaga kamaydi'ning rasmi

O`zbekistonda 7 oy ichida 124,9 ming dona — o`tgan yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga kam avtomobil ishlab chiqarildi. Nexia va Spark modellarini ishlab chiqarishda eng ko`p tushish qayd etildi.

2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekistonda 124 ming 914 dona engil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 25,9 foiz yoki 43798 taga kam demakdir, deya guvohlik bermoqda Davlat statistika qo`mitasi hisoboti.

 yanvar
 
fevral
 
mart
 
aprel
 
may
 
iyun
 
iyul
 
yanvar-iyul
 
2020
 
22 000
 
27 014
 
26 621
 
21 092
 
21 198
 
25 530
 
25 257
 
168 712
 
2021
 
5 235
 
17 141
 
22 078
 
20 533
 
20 807
 
22 986
 
16 134
 
124 914
 

Kamayish Damas va Labo`dan tashqari UzAuto Motors ishlab chiqarayotgan qariyb barcha modellarga tegishli bo`ldi. Jumladan Cobalt ishlab chiqarish 19,1% — 44,9 mingtadan 36,3 ming donagacha, Nexia 65,3% — 41,6 mingtadan 14,4 mingtaga, Gentra 13,5% — 30,3 mingtadan 26,2 mingtaga, Spark 60,3% — 16370 dan 6485 taga.

Damas ishlab chiqarish esa 9,6% ga — 30,8 mingtadan 33,8 mingtaga, Labo 66,8% ga — 4521 dan 7542 gacha oshdi.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarishda ham tushish qayd etildi. Joriy yilning dastlabki etti oyida 86,2 ming dona avtodvigatel ishlab chiqarildi (2020 yilning shu davriga nisbatan 37,2 foiz yoki 51 ming donaga pasayish).

Eslatib o`tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 19 avgust kuni Spark uchun shartnoma tuzishni qayta tiklangani, yangi shartnomalar bo`yicha avtomobillarni etkazib berish 2022 yilning fevralidan boshlanishini ma`lum qildi. Avtoishlabchiqaruvchi avtomobillarni etkazib berish muddatlari global miqyosda mikrochiplar taqchilligi kuzatilayotgani bois kechikishi mumkinligini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar