AsosiySiyosat

So`nggi 4 yilda chang-gaz miqdori me`yordan 4 baravar oshgan — Prezident

'So`nggi 4 yilda chang-gaz miqdori me`yordan 4 baravar oshgan — Prezident'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlandi.

Mazkur yig`ilishda davlat rahbari sohadagi muammolarni ko`rsatib o`tgan.

Bu yo`nalishga mas`ul bo`lgan Ekologiya qo`mitasi, boshqa idoralar va mahalliy hokimliklarning tashabbus va amaliy ishlari ko`rinmayotgani keskin tanqid qilingan.

Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 4 yilda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, shaharlarda chang-gaz miqdori me`yordan 4 baravar oshgan. Atmosferaga tashlanmalarning 90 foizi Toshkent, Samarqand, Farg`ona, Andijon, Namangan, Qo`qon, Navoiy, Buxoro, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Guliston va Nukus shaharlariga to`g`ri keladi.

Shu bilan birga, hududlarda “yashil maydon”lar 3-4 baravarga qisqarib, o`rtacha 8 foizdan kamayib ketgan.

Er usti va osti suv sathining keskin pasayishi ham ekologik vaziyatga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Bundan tashqari, hududlarda maishiy chiqindilarni xususiy sheriklik asosida boshqarish bo`yicha reja qilingan 62 ta loyihadan bor-yo`g`i 15 tasiga tadbirkor jalb qilingan. Bu borada Buxoro, Namangan, Farg`onadan tashqari boshqa birorta hududda ishlar yakuniga etkazilmay qolingani aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar