AsosiySiyosat

Turizm, umumiy ovqatlanish va eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozlar beriladi

'Turizm, umumiy ovqatlanish va eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozlar beriladi'ning rasmi

Avvalroq, Prezident raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilish bo`lib o`tayotgani haqida ma`lum qilgandik. Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov yig`ilish yakunlangani va uning qisqacha tafsilotlarini ma`lum qildi.

Yig`ilishni yakunlar ekan, davlatimiz rahbari o`tgan hafta o`tkazilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarning ijrosiga alohida to`xtalib o`tdi.

Kuni kecha 60 ga yaqin tashabbus va takliflarni amalga oshirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangani, har kuni kamida 2 tadan qaror imzolanayotgani ta`kidlandi.

"Yirik loyihalarni infratuzilmaga ulash, turizm, umumiy ovqatlanish va eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozlar berish, qo`shilgan qiymat solig`i tizimini soddalashtirish, induksion pechlar bo`yicha taqiqlarni bekor qilish kabi masalalar bo`yicha qarorlar qabul qilindi.  

Ushbu berilgan imtiyoz va engilliklar hozirgi murakkab pandemiya davrida va undan keyingi og`ir sharoitda biz uchun iqtisodiyotning drayveri hisoblangan tadbirkorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishi zarur.

Aytilgan tashabbuslar har bir tadbirkorga etib borishi, amalda bajarilishi, ular o`z faoliyatida buning natijasini albatta his etishlari shart", - dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar