AsosiySiyosat

Abdulaziz Kamilov Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

'Abdulaziz Kamilov Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

2021 yilning 25 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashuv o`tkazdi.

Muzokaralar chog`ida ko`p qirrali O`zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarni o`z vaqtida va sifatli bajarish muhimligi bo`yicha umumiy fikr bildirildi.

Mintaqaviy masalalarga, jumladan, Afg`onistondagi vaziyatga alohida e`tibor qaratiladi. Bu mamlakatda ziddiyatlarning kuchayishining oldini olish va milliy kelishuvga erishish uchun yordam ko`rsatish bo`yicha sa`y-harakatlarni birlashtirish muhimligi qayd etildi.

Qo`shma infratuzilma va investisiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Turli darajadagi bo`lajak aloqalarning jadvali va tashkiliy jihatlari ko`rib chiqildi.

Boshqa yangiliklar