AsosiySiyosat

Oliy Majlisi Senatining o`n sakkizinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi

'Oliy Majlisi Senatining o`n sakkizinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi'ning rasmi

Bugun, 26 avgust kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n sakkizinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi

Unda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a`zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o`tkazilayotgan yalpi majlisni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda ko`rib chiqiladigan masalalar muhokamasini Senatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to`g`ridan-to`g`ri onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar