my5
Sevimli

Senat raisi TIV faoliyatida qator kamchiliklar borligini ta`kidladi (foto)

Siyosat 26.08.2021, 13:31
Теглар: Senat, yalpi majlis
Senat raisi TIV faoliyatida qator  kamchiliklar borligini ta`kidladi (foto)

Bugun 26 avgustda  O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n sakkizinchi yalpi majlisi o`tkazildi. Mazkur yig`ilish marhum senator Xoldorovning yaqinlariga ta`ziya bildirish bilan ochildi, deya xabar bermoqda Oliy Majlisi Senati axborot xizmati.

Yig`ilish davomida O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2021 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to`g`risidagi axboroti eshitilgan.

Majlisda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O`zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirish, davlat manfaatlari va mamlakat fuqarolarining xorijiy davlatlar bilan munosabatlarda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda huquqlarini himoya qilish bo`yicha muayyan faoliyat amalga oshirilgani ta`kidlangan. Bunda vazirliklar, idoralar, muassasalarning xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo`yicha faoliyatini tartibga solishga alohida e`tibor qaratilgani aytilgan.

Jumladan, TIV ning faol ishtirokida 2021 yilning birinchi yarim yilligida davlat rahbarining 40 dan ortiq tashrifi va xorijiy mamlakatlarning etakchilari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlari tashkil etilgan.

Ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida vazirlik va idoralar, mamlakat hududlari hokimliklari vakillarining xorijiy mamlakatlarga 125 ta tashrifi bo`lib o`tgan.

Ammo Senat tomonidan o`tkazilgan o`rganish, shuningdek, uni xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi muhokama qilish jarayonida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida qator muammo va kamchiliklar borligi aniqlangan.

Xususan, diplomatik missiyalar tomonidan taklif etilayotgan investisiya loyihalarining o`z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish bo`yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan tizimli ishlarni tashkil etish zarurligi ham ta`kidlangan.

Шарҳлар

O`zbekistonda hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

01.10.2021, 18:05

Senatning o`n to`qqinzinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartishlar kiritish haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama markazida bo`ldi.Ta`kidlanishicha,...
Bugun Senatning o`n to`qqizinchi yalpi majlisi o`z ishini boshlaydi

29.09.2021, 09:02

Bugun 29 sentyabr kuni soat 10:00 da O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n to`qqizinchi yalpi majlisi Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida o`z ishini boshlaydi.  Yalpi...
O`zbekistonlik va qirg`izistonlik tadbirkor ayollar uchrashuvi bo`lib o`tdi

23.09.2021, 18:19

O`zbekiston va Qirg`iziston tadbirkor ayollari o`rtasida “B2B” uchrashuvlari bo`lib o`tdi.Muzokaralar yakunida tomonlar o`rtasida umumiy qiymati 13,2 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 15 ga yaqin shartnoma...
Senator so`rovi natijasida 8400 nafarga yaqin Uzun tumani aholisi toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi

16.09.2021, 19:47

Joriy yilning 29 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi a`zosi Abdug`ani Sanginov Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi faollar, fuqarolar bilan uchrashuvida aholi...